1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida 2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatida 2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

 

Toshkent viloyatida 2 mlrd 284 mln so‘mlik elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalangan noqonuniy maynerlar aniqlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va “O‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Xususan, Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan I.N. 10 dona “Antminer L3++” rusumli mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, mayning faoliyati bilan shug‘ullanishi natijasida davlat manfaatlariga 1 mlrd 19 mln. 400 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

 

Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.J.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda u hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, 685 mln 939 ming so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilganligi aniqlandi va undan 2 ta to‘plamda bo‘lgan mayning qurilmalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Qibray tumanida kuzatilgan yana bir holatda 1982 yilda tug‘ilgan M.S. o‘zining yashash manzilida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanib, 3 ta to‘plamda bo‘lgan mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida elektr energiyasi bo‘yicha davlat manfaatlariga 579 mln 474 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика