Toshkent viloyatida bir nechta amaldorlar lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi yozmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M.Fayziyev, Qibray tumani hokimi M.Mirqosimov va Yangiyo‘l tumani hokimi U.Yalgashev hamda ushbu tumanlarning boshqa sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilingan.
Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga masʼul o‘rinbosari N.Sharipov, qurilishga masʼul o‘rinbosari Sh.Mahmudovga hayfsan eʼlon qilishga ko‘rsatma berilgan.
Bundan tashqari, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Ulug‘nor, Olot, Paxtakor, Namangan, Mingbuloq, Chust, Koson, Muborak, Dehqonobod, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Muzrabot, Xiva, Xonqa, Kitob tumanlari hamda Buxoro, Kogon, Samarqand, Angren, Bekobod, Olmaliq, Nurafshon, Urganch shaharlari, jami 26 ta soliq idoralari rahbarlari ishdan olindi.


