1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkent viloyatida eng ko‘p tezlikni oshirgan haydovchilar to‘g‘risida maʼlumot berildi

Toshkent viloyatida 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 47 foizi aynan tezlik oqibatida yuzaga kelgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati maʼlum qildi.

Toshkent viloyatida eng ko‘p tezlikni oshirgan haydovchilar to‘g‘risida maʼlumot berildi

 

 

Taʼkidlanishicha, bu kabi hodisalarning sonini kamaytirish maqsadida Toshkent viloyatidagi avtomobil yo‘llarida 50 ga yaqin tezlikni meʼyoridan oshirish qoidabuzarligini aniqlovchi fotoradarlar faoliyat yuritmoqda.

 

«Viloyat hududida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi va ko‘p miqdorda jarima to‘lashlariga qaramasdan, ayrim haydovchilar Toshkent viloyati hududida 10 marotabadan ortiq fotoradarlar nigohiga tushmoqda», — deyiladi xabarda.

 

Trailblazer transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 14 marotaba tezlikni meʼyoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

 

 

«GAZ 31029» rusumli transport vositasi haydovchisi 2021 yilda 18 marotaba tezlikni meʼyoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

 

Equinox rusumli transport vositasi haydovchisi 30 kun ichida 11 marotaba tezlikni meʼyoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

 

 

Captiva rusumli transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 9 marotaba tezlikni meʼyoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

 

 

Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi 4 oy ichida 15 marotaba tezlikni meʼyoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

 

 

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati hududida 2020 yilning yanvar—noyabr oylarida fotoradarlar orqali jami 457 828 ta tezlikni meʼyoridan oshirib, transport vositasini boshqarganlik holatlari aniqlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика