1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida havo sifati 40 barobar buzilganmi?

Vazirlik tarmoqda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Toshkent viloyatida havo sifati 40 barobar buzilganmi?

Toshkent viloyatida atmosfera havosining ifloslanishi monitoringi aks etgan videolavhada o‘lchash uskunasi RM 2,5 bo‘yicha bir martalik 0,209 mg/m3 ni ko‘rsatgan. 

 

Hududdagi aksariyat issiqxonalar Toshkent issiqlik elektrostansiyasidan hosil bo‘ladigan issiq suv orqali isitish tizimidan foydalanganligi sababli, kunlik lokal ifloslanish darajasi belgilangan meʼyorlardan oshmaganligi aniqlangan.

 

Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda atmosfera havosida RM 2,5 zarralarining belgilangan meʼyoridan 40 marotaba ortganligi to‘g‘risidagi xabarda hisoblash metodikalariga amal qilinmagan, yaʼni unda 209 mg/m3 – bir martalik meʼyorni  JSSTning havo sifati bo‘yicha tavsiyasining erishilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori o‘rtacha yillik ko‘rsatkichga – 0.005 mg/m3 (5 mkg/m3)ga bo‘lish orqali hisoblangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика