1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkent viloyatida “Jiguli” haydovchisi 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi ushlandi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Toshkent viloyatida “Jiguli” haydovchisi 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, 20 iyul kuni 22:00 larda Toshkent—Nurafshon—Ohangaron avtomobil yo‘lining 40-kilometrida “VAZ-2103” avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

 

Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Olib borilgan tezkor harakatlar davomida YTHni sodir etishda gumon qilingan haydovchi qo‘lga olingan.

 

«Yo‘lning o‘rtasida yoshi kattaroq ayol, 3-5 metr uzoqlikda esa bir ayol turgandi. Ayolni aylanib o‘tayotganida bolakay yo‘limga chiqib qoldi. Mashinani chekkaga oldim, biroq ulgurmadim. Bola mashinamning qanot qismiga tegdi, orqamdan kelayotgan mashina esa ustidan o‘tib ketdi. Qo‘rqqanimdan ketib qoldim», — deydi haydovchi.

 

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchilarni tashlab, YTH sodir bo‘lgan joyga qaytib kelgan. Biroq hech kim yo‘qligini ko‘rib, «hech narsa bo‘lmagan» deb o‘ylagan va uyiga qaytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика