1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida “Lacetti” kanalga tushib ketdi

FVV hodisaga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida “Lacetti” kanalga tushib ketdi

 

Bugun, 4-aprel kuni soat 11:22 da Toshkent tumanining “Ko‘kterak” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Zaxariq” kanaliga “Lacetti” avtomashinasi tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisaga haydovchining ehtiyosizligi sabab bo‘lgan. Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan olib chiqishgan.

 

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

 

Avvalroq Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida “Spark” avtomashinasu 150 metr balandlikdan jarlikka tushib ketgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика