1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkent viloyatida ona 4 yoshli qizini kaltakladi

Hozirda holat bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida ona 4 yoshli qizini kaltakladi

 

Toshkent viloyati Chirchiq tumanida ona 4 yoshli qizini ayovsiz kaltaklagani va og‘ir tan jarohati yetkazgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

 

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanishicha, joriy yilning 23 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga 2020-yilda tug‘ilgan qiz tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan.

 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida 47 yoshli ayol 4 yoshli qizini qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan.

 

Bugun, 27-dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB tomonidan E.Y ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 7-qismi “b” bandi (oilaviy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bildirilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика