1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida itlar so‘yib tashlandi

Hayvonlar go‘shtini sotish maqsadida bu ishga qo‘l urilgani taxmin qilinmoqda.

Toshkent viloyatida itlar so‘yib tashlandi

 

Mehr va Oqibat ko‘ngillilari uyda bo‘lgan tirik itlarni qutqarishgan. Hozirda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning barcha holatlari tekshirilmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, 4 mart kuni Mehr va oqibat jonivorlarni himoya qilish tashkilotiga Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy kolxozida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linganligi haqida ariza kelib tushgan. Arizada u yerdagi uylardan birida itlarning o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xabar qilingan. 

 

"Mehr va Oqibat" ko‘ngillilari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda belgilangan manzilga borishganda uy hovlisida yerda qon va o‘nlab it terilari bo‘lgan. Bu ishni qilganlar qon va terilarning ustiga tuproq tashlab, yashirmoqchi bo‘lishgan. Shu bilan birga, uy egasi bu yerda itlar so‘yilmasligini maʼlum qilgan.

 

Taxminlarga ko‘ra, hayvonlar keyinchalik sotish maqsadida go‘shti uchun so‘yilgan. Ko‘ngillilar 35 ta it va 9 ta kuchukni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. 10 ta it Gavcheg boshpanasiga, qolganlari esa “Mehr” markaziga o‘tkazilgan.

 

Hozirda hodisaning barcha holatlari, jumladan, itlar qanday va qayerga yetkazilgani o‘rganilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика