1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkent viloyatida tarixiy obyektlarga salkam 500 million so‘m zarar yetkazildi

Prokuratura tekshiruv o‘tkazdi.

Toshkent viloyatida tarixiy obyektlarga salkam 500 million so‘m zarar yetkazildi

 

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Shoxruxiya shaxristoni" arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani aniqlandi

 

Oqibatda, ushbu yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy obyektga juda ko‘p miqdorda – 315 million so‘m zarar yetkazilgan.

 

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida qurilish hamda kadastr bo‘limi mansabdor shaxslari «Hamid Olimjon» mahallasida joylashgan “Qiyritepa” arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshootining qurilishiga yo‘l qo‘yishi oqibatida tarixiy obyektga juda ko‘p miqdorda 180 million so‘m zarar yetkazilgan.

 

Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика