Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan “Toshkent dengizi” yaqinida daraxtlar ommaviy kesilayotgani haqidagi murojaatdan so‘ng Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ishchi guruhi o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
O‘rganish natijasida Lolariq MFYdagi “Yangi zamon bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati” hududi yaqinidagi “Sh.” fermer xo‘jaligiga tegishli maydon chetida 24 tup tol daraxti ruxsatsiz kesilgani aniqlandi. Fermer xo‘jaligi rahbaridan tushuntirish xati olingan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga muvofiq, tabiatga yetkazilgan zarar 218 mln so‘m etib belgilandi. Yig‘ilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.


