Toshkent viloyatida 7 dona shumtol nomaʼlum fuqarolar tomonidan kesib ketilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Quyi Chirchiq tumani “Madaniyat” MFY hududidan o‘tuvchi 4 R 255 avtomobil yo‘li qatnov bo‘yidagi jami 7 dona shumtol 20-dekabrdan 21-dekabrga o‘tar kechasi kechasi kesib ketilgan. Natijada, tabiatga 394 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


