1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlkira narxi oshdi

Bu viloyat hokimining 29-dekabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlkira narxi oshdi

 

Toshkent viloyatida yoʻlovchilarni tashish xizmatlari boʻyicha yangi tariflar belgilandi. Bu viloyat hokimining 29-dekabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.

 

Unga koʻra, yoʻlkira narxlari avtobuslarda bir nafar yoʻlovchi uchun 1500 soʻm (ilgari 1000 soʻm edi), yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda 2000 soʻm (1500 soʻm edi) etib belgilandi.

 

Bunday qaror shahar yoʻnalishida qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilgʻi-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani, korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar koʻrmasligining oldini olish munosabati bilan qabul qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика