1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida yong`in sodir bo`ldi

Yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududni tashkil etadi.

Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida yong`in sodir bo`ldi

 

FVV xabariga ko‘ra, bugun, 11-iyul kuni soat 14:00 lar atrofida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakchi bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududni tashkil etadi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari yetib borgan. Shuningdek, yong‘inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning kuch va vositalari ham jalb etilgan.

 

Yaqin vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu yong‘inni o‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot taqdim etadi. Vaziyat to‘liq nazorat ostida, deyiladi rasmiy xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика