1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi tug‘uruqxonada ona va bola vafot etdi

Holat yuzasidan SSV tafsilotlarni ochiqladi

Toshkent viloyatidagi tug‘uruqxonada ona va bola vafot etdi

 

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tug‘uruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etdi. SSV holat yuzasidan maʼlumot berdi. Aniqlanishicha, 14-iyul soat 06:45 da Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limiga O‘rtachirchiq tumaniyashovchi 1993-yil tug‘ilgan fuqaro murojaat qilgan.

 

Bemor muassasaga olib kelinganida ahvoli o‘ta og‘ir, terisi rangpar, sovuq ter bosgan, arterial qon bosimi 70/40 mm simob ustuniga teng, tana harorati 39,5 daraja, tananing shilliq qavatlari ko‘kimtir rangda, karaxt va savollarga aniq javob bera olmaydigan holatda bo‘lgan.

 

Natijada qabul vaqtida unga “Homiladorlik-2”, 38 hafta tug‘uruq, sepsis. I-II darajali septik shok” dastlabki tashxisi qo‘yilib, zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng navbatchi brigada akusher-ginekologlari hamda anesteziolog-reanimatolog tomonidan barcha zarur reanimatsion muolajalar amalga oshirishga kirishilgan.

 

Dastlab ikki tomonlama periferik vena, keyinchalik markaziy vena kateterlanib, markaziy venoz bosim past bo‘lganligi uchun shokka qarshi, yurak-qon tomir, nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tezkor chora-tadbirlar o‘tkazilgan. Shuningdek, bemor o‘pkaning sunʼiy ventilyatsiyasiga o‘tkazilgan. Biroq markaziy vena orqali bajarilgan massiv infuzion muolajalar va jadal reanimatsion terapiyaga qaramay, uning gemodinamikasi tiklanmagan.

 

Oqibatda 14-iyul soat 07:30 da bemorda klinik o‘lim holati qayd etilgan. Navbatchi anesteziolog-reanimatolog shifokorlar tomonidan yurak-o‘pka reanimatsiyasi 40 daqiqa davomida olib borildi, biroq yurak faoliyati tiklanmagan. Oqibatda soat 08:10 da bemorda biologik o‘lim kuzatildi.

 

Ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика