Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida keyingi yetti yilda viloyatdagi yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga yirik miqdorda pul sarflanishini taʼkidladi.
Qayd etilishicha, 2025-yildan Toshkent-Xiva «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun, Buxoro – Urganch – Xiva temiryo‘li 365 million dollar investitsiya hisobiga elektrlashtiriladi.
Shuningdek, kelgusi yetti yilda Xorazmda turizm uchun, yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga 200 million dollar sarflanishi rejalashtirilgan.


