“Toshshahartransxizmat” AJning xabar qilishicha, Yunusobod mavzesining 17-dahasidan “Aviasozlar” bekatigacha harkatlanadigan 129-sonli avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish (“Alixan Trans Servis” MChJga biriktirilgan) huquqi bekor qilingan.
Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishda vaqtinchalik (tendergacha) yo‘lovchi tashish huquqi “Toshshahartransxizmat” AJga biriktirilgan.
7-martdan boshlab “Mercedes Benz Low Floor” rusumli avtobuslar 6 ta jadval asosida “Toshshahartransxizmat” Ajning “2-avtobus saroyi” filiali tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.


