1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 14 qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi

Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda.

Toshkentda 14 qavatli binoda yong`in sodir bo`ldi

 

FVV xabariga ko‘ra, bugun, 11-iyul kuni soat 22:29 lar atrofida Toshkent shahar Mirobod tumanida yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan.

 

Natijada shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan.
 

Qayd etilishicha, hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmadi, deyiladi FVV xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика