1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 25 yoshli qiz yonidan narkotik modda topildi

Holat kuchaytirilgan reyd davomida aniqlangan.

Toshkentda 25 yoshli qiz yonidan narkotik modda topildi

Poytaxtda o‘tkazilayotgan kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlarida taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq holat aniqlandi. 

 

Xususan, 9 avgust kuni Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari MONZA  rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirganda haydovchi hamda yo‘lovchilarlarning ko‘rinishi va xatti-harakatlari ularda shubha uyg‘otgan. 

 

Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yo‘lovchisi — 1999 yilda tug‘ilgan qiz yonidan 2 dona shprisda nomaʼlum narkotik moddaga o‘xshash suyuqlik va 4 dona psixotrop dori vositasi topilgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика