Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 30-iyul kuni soat 13:45 da Toshkent shahridagi “KL-Parkentskaya-2” kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari isteʼmolchilarining bir qismi (jami 2750 ta xonadon) elektr taʼminotidan uzilgan.
Maʼlum qilinishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.


