1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 3-sinf qizlarga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

U bu harakatni dars jarayonida sodir etgan.

Toshkentda 3-sinf qizlarga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Toshkent shahrida 3-sinfda o‘qiydigan qizlarga shilqimlik qilgan o‘qituvchi qamaldi. Bu haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 noyabr kuni soat 15:30 hamda 16:00 oralig‘ida Toshkent shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga o‘quvchilar robototexnikadan tahsil olish uchun borgan. Bu fandan taʼlim berayotgan o‘qituvchi dars jarayoniga kelgan 3-sinf qizlarga shahvoniy harakatlar sodir etgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi tomonidan o‘qituvchi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1- moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Sud majlisida huquqbuzar qilmishidan afsusda ekanini, mazkur holat tasodifan yuz berganini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика