O'zbekiston

Toshkentda 3 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi

 

Toshkentda 74, 141, 161 va 158-sonli avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgartirilmoqda

 

22-noyabrdan boshlab:

 

  • 74-sonli “Nayman mahallasi — Chilonzor metrosi” yoʻnalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda. Yoʻnalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor koʻchasi orqali (Gavhar koʻchasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) harakatlanadi.

 

  • 141-sonli “Karvon bozori — Paxtakor metrosi” yoʻnalishining harakati KHAYdan Bogʻiston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh koʻchalari orqali keying harakati oʻz yoʻnalishi boʻylab o‘zgartiriladi.

 

  • 161-sonli “Erkin mahallasi — Olmazor metrosi” yoʻnalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qoʻrgʻonigacha uzaytiriladi.

 

  • 23-noyabr kunidan boshlab, 158-sonli “Quyoshli qo’rg’oni — Do’mbirobod mavzesi” avtobus yoʻnalishining harakati to’xtatiladi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish