Ma’lum bo‘lishicha, 8 nafar erkak Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi xonadonlardan biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1961 yilda tug‘ilgan xonadon egasining og‘zini va qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, 1 mln so‘mlik seyfni va uning ichida bo‘lgan 15 000 dollar miqdoridagi pullarni olib chiqib ketishgan.
Shuningdek, jinoyatchilarning voqea joyidan yashirinish uchun xonadonga yetib kelgani hamda jabrlanuvchining qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, ular minib kelgan Gentra’ni olib qochishgani aniqlandi.
1978-yilda tug‘ilgan Tohir, 1986-yilda tug‘ilgan Odil, 1988-yilda tug‘ilgan Bahodir, 1991-yilda tug‘ilgan Murodilla, 1991-yilda tug‘ilgan Abror, 1997-yilda tug‘ilgan Azamat, 1998-yilda tug‘ilgan Muhammad, 2000-yilda tug‘ilgan Doniyorlarga JKning 164-moddasi va 267-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda jinoyat ishi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan.


