1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida haydovchilardan biri tan jarohati olgan.

Toshkentda 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, 31 may kuni soat 21:00 larda Uchtepa tumani THAY - Zargarlik ko‘chalari kesishgan chorrahada 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan. Xususan:

 

  • “KAMAZ” yuk mashinasi;
  • Lacetti avtomashinasi;
  • Spark avtomashinasi;
  • Lacetti avtomashinasi;
  • Spark avtomashinasi;
  • Lacetti avtomashinasi;
  • Nexia-3 avtomashinasi;
  • Matiz avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

YTH oqibatida Lacetti avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика