1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “Aviasozlar” bozorida yong'in sodir bo'ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkentda “Aviasozlar” bozorida yong'in sodir bo'ldi

 

13-dekabr kuni soat 01:30 da Toshkent shahri Yashnobod tumani Beshariq ko‘chasida joylashgan “Aviasozlar” bozori hududidagi ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Mazkur xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilgan.

 

Yong‘in 02:29 da qurshab olingan, 03:03 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

 

Ayni vaqtda vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика