Ijtimoiy tarmoqda avtobus haydovchisi YPX xodimiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur huquqbuzarlik "4-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 8-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi X.D tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Yo‘l harakati qoidabuzarligi yuzasidan YPX xodimi tomonidan haydovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yo‘lda tartibni saqlashga masʼul xodim bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, muomala madaniyatiga rioya qilmaganligi yuzasidan, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan haydovchi bilan profilaktik-tushuntirish ishlari olib borilgan.


