Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ko'prikdan tushib ketgani aytilayotgan avtobus "Toshshahartransxizmat"ga qarashli Mercedes-Benz rusumli avtobus hisoblanadi.
Qayd etilishicha, avtobusning ko'prikdan tushib holati O’zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o’tkir syujetli “Uch qahramon” filmining tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahnalashtirilgan holat.
Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko’rilgan bo’lib, hudud yo’l patrul xizmati inspektorlari tomonidan nazoratga olingani hamda suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmaganligi ham ta'kidlangan.


