1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtobuslar tezligi cheklanmoqda

Buning uchun avtobuslarga yangi tizim o‘rnatilmoqda.

Toshkentda avtobuslar tezligi cheklanmoqda

“Toshshahartransxizmat” AJning tasarrufidagi barcha avtobuslar, “Toshavtotaʼmirxizmat” UK servis xizmati xodimlari tomonidan avtobus haydovchilari boshqaruv vaqtida tezlikni oshirmasliklari uchun maxsus dastur orqali tezliklari 50 km/ soat bilan chegaralanmoqda. 

 

Qayd etilishicha, bu dastur qo‘llanilgach avtobuslar tezligi 50 km/ soatdan oshmaydi. Har bir avtobusning old oynasiga ogohlantiruvchi belgilar yopishtiriladi.

 

“Mazkur ishlar yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash va yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida qilinmoqda”, - deydi “Toshshahartransxizmat” AJ xodimi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика