1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtobuslarning “zapravka”larda navbatda turib qolayotgani bo‘yicha maʼlumot berildi

"Toshshahartransxizmat"ning ma'lum qilishicha, ayrim yoqilg’i quyish shaxobchalari yopilganligi sababli navbatlar yuzaga kelgan.

Toshkentda avtobuslarning “zapravka”larda navbatda turib qolayotgani bo‘yicha maʼlumot berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslar yoqilg'i quyish shaxobchalarida navbatda turib qolganligi aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" rasmiy ma'lumot berdi.

 

Unda qayd etilishicha, ayrim yoqilg’i quyish shaxobchalari yopilganligi sababli “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslarni tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun boshqa yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yuborilgan. Bu esa o'z navbatida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

 

Ta'kidlanishicha, mazkur masalani hal etish maqsadida, Toshkent shahar hokimligida «Hududgazta’minot” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJ ishtirokida tezkor ishchi guruh tuzilgan.

 

Unga ko'ra, hozirda poytaxtdagi mavjud metan "zapravka"larida “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslar uchun qo'shimcha yoqilg’i quyish stansiyalari ajratilgan hamda tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslarning uzluksiz ishlashi bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика