“Toshshahartransxizmat”ning xabar berishicha, 1-avgut kunidan 13-avgust kuniga qadar, 2023/2024-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi bir nechta manzillarda test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan, ushbu manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti harakati soat 05:00 dan tashkil etiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlari (19, 50, 63, 115, 85, 88, 152, 24, 51, 67, 91, 93, 95, 140, 2, 38, 89, 136, 44, 68, 155, 17, 58, 60, 76, 53, 64, 65, 141, 196, 133m va 28m) bilan yuqoridagi suratda keltirilgan.


