1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

Mazkur ishda gumonlanuvchi 29 yoshli erkak ushlandi. U marhumaning xonadonida avvalroq taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

 

Yangihayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Mazkur ishda gumonlanuvchi 29 yoshli erkak ushlandi. U marhumaning xonadonida avvalroq taʼmirlash ishlarini amalga oshirgani maʼlum bo‘ldi.

 

31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v, z» (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda qasddan o‘ldirish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Taʼkidlanishicha, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.

 

«Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика