1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda begona ayolga tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamaldi

Sotuvchi erkak mast holatda bo‘lgan.

Toshkentda begona ayolga tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamaldi

 

Toshkentda xaridor ayolning tanasidan ushlab, unga tegajog‘lik qilgan mast erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lumot keltirilgan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2024 yil 25 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Algoritm mavzesi Zargarlik ko‘chasida tarvuz sotuvchisi 33 yoshli U.I. mast holatda o‘ziga notanish bo‘lgan xaridor ayolning belidan past qismi va dumba qismlarini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilganligi aniqlangan.

 

Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar erkak o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

 

Sud qarori bilan U.I.ga MJtK 41-1-moddasining 1-qismiga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va MJtK 194-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida, ya’ni 3.4 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика