1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bolaga tan jarohati yetkazgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi

U 2 yoshli bolaga qo‘pol harakat qilgani oqibatida tan jarohati yetkazgan.

Toshkentda bolaga tan jarohati yetkazgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi

 

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi "Kids dream baby house" maktabgacha taʼlim muassasasida enaga yordamchisi bo‘lib ishlaydigan ayolga jinoyat ishi ochildi. U 2 yoshli bolaga qo‘pol harakat qilgani oqibatida tan jarohati yetkazgan. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. 

 

Qayd qilinishicha, hodisa 17 noyabr kuni yuz bergan. Enaga yordamchisi K.G‘. karavotda o‘tirgan bolaning qo‘lidan tortib, qo‘pol tarzda ko‘targan. 18 dekabr kuni berilgan tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaning qo‘li chiqib ketgan va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan. 

 

 

Ombudsman xabariga ko‘ra, enaga yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 1-qismi (Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика