1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bolalar uchun rasmlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Unda 30 352 nafar tarbiyalanuvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Toshkentda bolalar uchun rasmlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 5-avgust kuni Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”da  respublika miqyosida “Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.   

 

Unda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tabiat va atrof-muhitni asrab-avaylashga bag‘ishlangan “tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi saralash bosqichlari o‘tkazildi. 

 

Tanlovning maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichida 30 352 nafar tarbiyalanuvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Ulardan 18 057 nafar o‘g‘il bolalar, 12 295 nafar qiz bolalarni tashkil etadi. 

 

Tanlovda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari hamda bog‘cha bolalari ishtirok etishdi. Iqtidorli bolalarni bir joyga jamlagan mazkur tanlovda turli viloyatlardan ishtirokchilar tashrif buyurgan. Tanlov ishtirokchilari 6-8 yoshni tashkil etadi. Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning ota-onalari ham tashrif buyurgan. 

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rin Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 7-DMTT tarbiyalanuvchisi Abduraxmonov Mustafo Shokirjon o‘g‘liga nasib qildi. 

 

Qiz bolalar o‘rtasida birinchilikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 35-DMTT tarbiyalanuvchisi  Saparbayeva Aysanem Batirbayevna egalladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика