Joriy yilning 8-iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani "Amir Temur" ko‘chasida haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan B.R. "Captiva" rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib bir yo‘nalishda harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi 1987 yilda tug‘ilgan Sh.K. boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti" rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


