1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “Do‘ppi party” o‘tkaziladi

Bu haqda Madaniy meros agentligi maʼlum qildi.

Toshkentda “Do‘ppi party” o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Do‘ppi party” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbir o‘z ishini 26 avgust kuni 19:00da boshlaydi.

 

Tashrif buyuruvchilar quyidagilardan bahramand bo‘lishlari mumkin:

 

Ijodiy mahorat darslari;

Do‘ppi xaqida xujjatli film;

Vokal, instrumental va xoreografik chiqishlar bilan Mashup;

DJ to‘plamlari;

Dress code: Do‘ppi.

 

Kirish uchun chipta narxi 75 000 so‘mga teng.

 

Maʼlumot uchun, hozirda muzeyda mashhur “Toshkent”, “Iroqi”, “Chorgul”, “Chamanda Gul”, “Taqdo‘zi”, “Okpar”, “Shahrisabz”, “Chust”, “Qalampir”, “Denov”, “Urgut”, “Samarqand” o‘zbek do‘ppilarni ko‘rish mumkin. Ular shakli va ornamentning o‘ziga xosligi bilan farqlanadi.

 

O‘zbek do‘ppisi milliy madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi. “Do‘ppi”- so‘zining o‘zi turkiy “Tyube” so‘zidan olingan bo‘lib, ust, yuqori degan maʼnoni bildiradi.

 

O‘zbekistonda do‘ppilar bosh kiyim sifatida o‘rta asrlarda keng tarqaldi. Do‘ppi tikish sanʼati qo‘ldan-qo‘lga, avloddan-avlodga, onadan-qiziga o‘tib meros bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonning har bir viloyatida o‘ziga xos do‘ppilar mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика