1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentda harakatlanayotgan “Damas” yonib ketdi — video

Hodisa Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘ldi.

Toshkentda harakatlanayotgan “Damas” yonib ketdi — video

 

Toshkent shahrida harakatlanayotgan “Damas” rusumli mashinada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 11 may kuni, soat 13:23 da Bunyodkor shohko‘chasida ro‘y bergan. Ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:37 da o‘chirilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика