Kecha, 18 iyun kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida liftda nosozlik yuz berib, odamlar jarohatlandi.
FVV xabariga ko‘ra, soat 16:15 larda Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yuk tashish uchun mo‘ljallangan lifti yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan.
Oqibatda liftda bo‘lgan 11 nafar fuqaro turli darajada yengil tan jarohati olib, RSHTYOIMga olib ketilgan.
Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyiga FVV xodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura hamda SSB xodimlari chiqishgan.


