1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ikki yigit “Binance”dan foydalangani uchun qamaldi

Ular kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan.

Toshkentda ikki yigit “Binance”dan foydalangani uchun qamaldi

2024 yil 12 iyun kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirgan ikki yigitga jazo tayinlandi.

 

Ish hujjatiga ko‘ra, 2024 yil 26 aprel kuni IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro 20 yoshli X.D. “Binance” platformasida telefonidan foydalanib, noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, 20 may kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda navoiylik 24 yoshli yigitga tegishli telefon va plastik kartadan ham kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanilganligi aniqlangan.

 

Sud majlisida ikki yigit yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha ayblarini tan olib, 2023 yil oktyabr oyidan boshlab “BINANCE” platformasida o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan akkauntidan foydalanib, kripto-aktivlar sotib kelganini bildirishgan. Ular buni noqonuniy ekanligini bilmaganligini maʼlum qilib, yengillik berishni so‘ragan.

 

Sud mazkur yigitlarga nisbatan MJtK 155-4-moddasining 1-qismiga asosan 20 yoshli yigitga 3sutka, 24 yoshli yigitga esa 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.

 

Ashyoviy dalil sifatida olingan “LG Q-6” va “Samsung Galaxy A 14” telefonlari, 1 dona DVD disk va bank plastik kartasi tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика