Bugun, 13 fevral kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, bugun soat 14:38 da Olmazor tumani, Usta Shirin berk ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
“Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:42 da yetib borib, yong‘in soat 14:46 da qurshab olinib, soat 14:50 da o‘chirildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.


