May oyi oxirida Toshkentda jamoat transportida naqd pulda to‘lanadigan yo‘l haqi kartada to‘langan summadan ko‘ra qimmatlashishi kerak edi. Yangi tizimda bir transportdan boshqasiga o‘tish uchun yangi tariflar paydo bo‘lishi rejalashtirilgandi. Unda bir soat ichida karta orqali to‘lab “peresadka” qiladigan bo‘lsangiz, ikkinchi transportda chipta narxi arzonga tushishi aytilgandi. O‘zgartirishlar O‘zbekiston prezidentining fevraldagi jamoat transporti tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan, biroq o‘zgarishni bahordan kuzga ko‘chirishga qaror qilindi.
Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashevning maʼlum qilishicha, ayrim deputatlar "tariflar oshirilishiga keskin qarshi".
"Yo‘l haqi 1 avgustgacha oshmaydi. Ammo 1 avgustda oshadi", — dedi u.


