1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda kanalga cho‘kib ketgan erkakning jasadi topildi

U suvga tushib ketgan ona-bolani qutqarmoqchi bo‘lgan.

Toshkentda kanalga cho‘kib ketgan erkakning jasadi topildi

Avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgani, ulardan ikki nafarining jasadi topilgani xabar qilingandi.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda ona va bolani qutqarish maqsadida suvga cho‘kib ketgan erkakning ham jasadi topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur voqea 10 aprel kuni sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan ayol (bolaning onasi) bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика