
Maʼlum qilinishicha, Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.F., MCHJ rahbari J.M., fuqaro V.S. va boshqalar Davlat bojxona qo‘mitasining yuk xatiga asosan MCHJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan 3649 dona “Kleksan” nomli dori vositalarini omborxonadan olib chiqib, noqonuniy muomalaga kiritish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


