Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, soat 14:06 da Yakkasaroy tumani “Abdulla Qahhor” MFY Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:21 da qurshab olingan va soat 14:24 da yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.


