1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “Lacetti” avtomobili yonib ketdi

Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Toshkentda “Lacetti” avtomobili yonib ketdi

10-oktabr kuni kechqurun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yong‘in hodisasi ro‘y berdi. Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, “Lacetti” rusumli avtomobil Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yonib ketgan.

 

Xabar olingach, yong‘in-qutqaruv xizmatining navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, olovning tarqalishiga yo‘l qo‘ymadi. Yong‘in soat 20:18 da boshlangan bo‘lsa, 20:28 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика