1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda mahkum profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qildi

Yangihayot tumanida mast holdagi erkakni tinchlantirishga borgan profilaktika inspektorlari tahdid ostida qoldi.

Toshkentda mahkum profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qildi

 

Maʼlum bo‘lishicha, 13-avgust kuni soat 23.00da tungi xizmatda bo‘lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko‘ra, xonadonlarning biriga borgan.

 

Xonadonda yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, quvib yurganini ko‘rishgan va uni tinchlantirmoqchi bo‘lishgan.

 

Biroq mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan.

 

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

 

Shu vaqt, profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

 

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика