1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashishi oqibatida 4 o‘quvchi jarohat oldi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashishi oqibatida 4 o‘quvchi jarohat oldi

 

Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘quvchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Holat 2023-yil 22-may kuni soat taxminan 12:15 larda Yunusobod tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining hovlisida yuz bergan

 

Toshkent shahar MMTB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maktabning 11-“b” hamda 11-“d” sinfining 6 nafar o‘quvchisi o‘zaro tortishib qolishgan va mushtlashgan. Hodisadan xabar topgan maktab maʼmuriyati shu zahoti ularni ajratib qo‘ygan. 

 

Mushtlashuv oqibatida o‘quvchilardan R.O., I.I., Y.B., A.B. yengil tan jarohati olgan va ularga maktab tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Janjal ishtirokchilari o‘zlarini yaxshi his qilgan, hech kim behush bo‘lib qolmagan. 

 

Qayd etilishicha, Yunusobod tumani IIB psixolog-inspektori voqeadan xabardor qilingan, ichki ishlar xodimi soat 12:17 da maktabga yetib kelgan va bayonnoma rasmiylashtirilgan. O‘quvchilarning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, farzandlari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. So‘ngra ota-onalar o‘z farzandlarini uylariga olib ketishgan. 

 

Bildirilishicha, holat to‘liq Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi nazoratiga olingan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика