1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohat oldi

Avtohalokat yuzasidan poytaxt YHXB rasmiy izoh berdi.

Toshkentda Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohat oldi

Joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 13-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.K. Malibu-2 rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi, 1951 yilda tug‘ilgan X.T.ga va Malibu-2 rusumli avtomashina haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика