
Institut ochilishida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi doirasida Toshkent shahriga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yuqori vakillari ishtirok etishdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining tabrigini o‘qib eshittirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida qayd etganidek, mazkur institutning ochilishi mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, bunday jarayonlar so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda jadal kechmoqda. Vazir yangi muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar darajasida batafsil muhokama qilish, turli sohalardagi ko‘p tomonlama loyihalar bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratishiga ishonch bildirdi.


