Bugun, 2 may kuni soat 13:30 da Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida elektromobil yo‘l transport hodisasi sodir etib natijada avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 13:34 da yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


