Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko'ra, mazkur yurish Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari bugun soat 14:00 da “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlanadi. Senariy bo‘yicha “Magic City” maydonidagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.


